Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati H. Qudratov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.
Jarayonda hududning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlarni asrash, chiqindilar bilan bog‘liq masalalarni tartibga solish hamda aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi.
💠 O‘rganish davomida quyidagi yo‘nalishlarda ishlarni izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi:
📌 Hududlarda sanitariya-ekologik holatini yaxshilash ;
📌 Daraxtlar va yashil hududlarni muhofaza qilish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini qo‘llab-quvvatlash;
📌 Ekologik qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlash;
📌 Aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ekologik madaniyatni oshirish va tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish.
Maqsad — ekologik muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularning oldini olish va amaliy yechimlarni ishlab chiqish hududda sog‘lom atrof-muhitni shakllantirish.