Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Qorajonov Mirzabuloq, Alamli, Sarbozor, Koʻkgumbaz mahallalaridagi jarrohlik operatsiyalari amalga oshirilishi koʻzda tutilgan bemorlar holidan xabar oldi.
Bemorlar va ularning oila aʼzolari bilan suhbatda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mutaxassislari ham ishtirok etdi. Ularning sogʻayishi va faol ijtimoiy hayotga qaytishi uchun zarur koʻrsatmalar berdi. Xalq deputatlari Gʻallaorol tuman Kengashi deputatlari takliflari asosida ushbu bemorlarga Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi mablagʻlari hisobidan 130 million soʻm miqdorida yordam koʻrsatilishi koʻzda tutilgan.