Yangiliklar

Seminar bo‘lib o‘tdi

Mahalliy vakillik organlari faoliyatini namunali tashkil etish bo‘yicha Xalq deputatlari Jizzax shahar va tuman Kengashlarining deputatlari, kotibiyat mudirlari va mutaxassislar uchun seminar tashkil etildi. 

Seminarda namunali deb tanlangan Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining ijobiy tajribalarini ommalashtirish maqsad sifatida belgilangan. Kengashlar deputatlari oldida turgan muhim vazifalarni aniq belgilash, muammoli masalalarga birgalikda yechim topishga ham alohida eʼtibor qaratildi. 

Jonli, faol va interaktiv muloqot asosida tashkil qilingan tadbir boshqa Kengashlarni ham kelgusi yarim yilda “namunali” degan maqomga keltirishda seminar katta imkoniyatlar yaratadi. 

Slide 1 of 3