Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, tadbirkor Pardayev Jamshid Muzaffarovich tashabbusi bilan Oltinsoy tumanida yangi asfalt zavodi qurilib ishga tushirildi.
Zavod tomonidan ishlab chiqarilgan ilk asfalt mahsuloti tadbirkor Jamshid Pardayev tug‘ilib voyaga yetgan mahalla yo‘llarining uch kilometr qismini asfaltlash uchun ishlatildi.
Mazkur zavodning ishga tushirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar natijasi desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Bu kabi amaliy ishlardan xalqimiz mamnuniyat bilan yosh-u qari birdek minnatdorchilik bildirmoqda.