Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Oʻrganishlar davomida Hurriyat mahallasi “Humo” koʻchasidagi 136 ta xonadon hamda 3 ta tadbirkorlik subyektida elektr quvvati yetishmasligi muammosi aniqlanib, mavjud 160 kVt quvvatli transformatorni 250 kVt quvvatli transformatorga almashtirish zarurligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur holat yuzasidan:
hududdagi elektr taʼminoti holatini oʻrganish;
mavjud 160 kVt quvvatli transformatorni 250 kVt quvvatli transformatorga almashtirish masalasini koʻrib chiqish;
aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash boʻyicha amaliy choralar koʻrish soʻralgan.

Amaldagi tartibga muvofiq, deputat soʻroviga 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.