O‘rganish davomida:
aholining ijtimoiy ehtiyojlarini aniqlash;
ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati;
manzilli yordam ko‘rsatish tizimi;
ijtimoiy xizmatlar sifati va samaradorligi yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mahalladagi mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi hamda masalalar nazoratga olindi.
Aholi manfaatlarini ta’minlash, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish va ijtimoiy himoya tizimini yanada takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida davom ettiriladi.