Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MUAMMO O‘RGANILDI VA DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Oʻrganishlar davomida Namuna mahallasida joylashgan 19-sonli DMTTga olib boruvchi 120 metr uzunlikdagi eski piyodalar yoʻlakchasi taʼmirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi. Mazkur holat bolalar, ota-onalar hamda fuqarolarning harakatlanishida noqulaylik tugʻdirayotgani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Mazkur holat yuzasidan:
19-sonli DMTTga olib boruvchi 120 metr piyodalar yoʻlakchasini taʼmirlash masalasini koʻrib chiqish;
bolalar va fuqarolar uchun xavfsiz hamda qulay harakatlanish sharoitini yaratish;
muammoni ijobiy hal etish boʻyicha amaliy choralar koʻrish soʻralgan.

Amaldagi tartibga muvofiq, deputat soʻroviga 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.