O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, aholi bandligini ta’minlash, ajratilgan imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish holatlari tahlil qilindi.
Shuningdek, ishga tushirilgan mikroloyihalar, yaratilgan yangi ish o‘rinlari hamda aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘rganish natijalari asosida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholi daromadlarini oshirish va bandlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Bu kabi o‘rganishlar hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash hamda aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.