O‘rganish davomida:
qurilish ishlarining sifati;
loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar;
kelgusida bolajonlarga yaratiladigan qulay va zamonaviy sharoitlar;
obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilish holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mas’ullar bilan muloqot o‘tkazilib, qurilish ishlarini sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda muassasaning zamonaviy talablar asosida jihozlanish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur loyiha hududda maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish va bolalar uchun zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qiladi.