Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Kengash_faoliyati

#ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

🏆 ERTANGI KUN CHEMPIONLARI BANDIXONDA KAMOL TOPMOQDA: DEPUTAT X.ABDIMO‘MINOV SPORT MAKTABI FAOLIYATI BILAN TANISHDI!

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiyalarning 3-bandida mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlari mavjudligi va jihozlarining holatini o‘rganish vazifasi belgilab qo‘yilgan.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati Xasan Abdimo‘minov tumandagi 1-sonli sport maktabiga tashrif buyurib, u yerda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va sport tadbirlari jarayonini o‘rgandi.

✅Yurtimizda yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar xalq vakillarining doimiy e’tiborida turibdi.

✅O‘RGANISH VA MONITORING JARAYONIDA QUYIDAGILARGА E'TIBOR QARATILDI:

✅1. Sport infratuzilmasi va rejalashtirish:

✅Deputat muassasadagi axborot stendlarida aks etgan Bandixon tumanida 2026-yilda sport sohasida rejalashtirilgan ishlar, takliflar hamda yuqori natijalarga erishgan sportchilar ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishdi. Tuman bo‘yicha mavjud 190 ta sport inshootidan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.

✅2. Yoshlar qamrovi va musobaqalar:

Mahallabay tizim asosida sportning futbol, kurash va boshqa turlari bo‘yicha yoshlarning qamrab olinishi, o‘tkazilayotgan tuman olimpiadalari va bellashuvlarning ommaviyligi ko‘zdan kechirildi.

✅3. Moddiy-texnik holat:

✅Sport zallarining holati, jihozlarning xavfsizlik talablariga javob berishi hamda ochiq maydonlardagi mashg‘ulot jarayonlari tahlil qilindi.

✅Deputat X.Abdimo‘minov mashg‘ulot o‘tayotgan yosh sportchilar hamda ularning murabbiylari bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularning ehtiyojlari va erishayotgan yutuqlari bilan qiziqdi hamda kelgusi yirik turnirlarda ularga zafarlar tiladi.

✅O‘rganish yakunida aniqlangan ba'zi texnik masalalarni hal etish, sport bilan shug‘ullanuvchi yoshlar safini yanada kengaytirish va moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli takliflar berildi.

Slide 1 of 1