Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Kengash_faoliyati

#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#Murojaat_ijrosi

 “OBOD YURT” MAHALLASIDA KO‘CHAMA-KO‘CHA YURIB QONUNCHILIK VA TAVSIYALAR IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar 12-“Obod yurt” saylov okrugi deputati N.Allamuratova okrugiga qarashli “Obod yurt” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari va mahalliy vakillar ishtirokida quyidagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

📌 “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi: Mahallani zamonaviy qiyofaga keltirish hamda infratuzilmani yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Fuqarolar murojaatlari va muammolari: Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholining kundalik turmushida uchrayotgan dolzarb masalalari va muammolari o‘rganildi.

📌 Qonunchilik ijrosi va tavsiyalar nazorati: Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari doirasida belgilangan 162 ta qonun hujjati hamda 24 ta tavsiyaning ijro etilishi holati tahlil qilindi.

Muloqot va tahlillar natijasida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni hal etish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2