Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Huquqiy ma'lumot

#Buni_bilasizmi

#162_ta_qonun

MAHALLIY KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBI QANDAY SHAKLLANTIRILADI?

📌 “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 11-moddasiga muvofiq, mahalliy Kengash sessiyasi kun tartibi Kengash raisi, partiya guruhlari, doimiy komissiyalar hamda deputatlar tomonidan bildirilgan takliflar asosida shakllantiriladi.

🔹 Eng muhim va dolzarb masalalarni puxta tayyorlash maqsadida Kengash raisi tomonidan tegishli soha mutaxassislari va ekspertlar jalb etilgan holda ishchi guruh tashkil etilishi mumkin.

🔹 Ishchi guruh masalalarni tayyorlash jarayonida:

— saylovchilar;

— hokimlikning bo‘lim va boshqarmalari;

— korxona, tashkilot va muassasalar;

— nodavlat notijorat tashkilotlari;

— fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari

fikr-mulohazalarini inobatga oladi.

🔹 Sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar dastlab tegishli doimiy komissiyalar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Komissiyalar tomonidan tayyorlangan qaror loyihalari, kun tartibi va boshqa hujjatlar Kengash raisi hamda Kengash kotibiyati mudiriga taqdim etiladi.

🔹 Kun tartibi loyihasida har bir masalani ko‘rib chiqish navbati, masalani tayyorlash uchun mas’ul doimiy komissiya, ma’ruzachi va qo‘shimcha ma’ruzachilar, shuningdek zarur boshqa ma’lumotlar ko‘rsatiladi.

✅ Muhim: Sessiyaning kun tartibi mahalliy Kengash qarori bilan tasdiqlanadi.

📚 (https://www.instagram.com/zomin_tuman_kengashi?igsh=OXZkYXdrNm1kbWJy)Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 21-oktyabrdagi KQ-835-IV-sonli qarori (https://lex.uz/uz/docs/-7179807) bilan tasdiqlangan “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining namunaviy reglamenti”.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Bizni kuzatishda davom eting👇

Telegram (https://t.me/+Kt-T6w2RAJoyOWQ6) | Facebook (https://www.facebook.com/share/g/1FsemqspgM/) | E-Kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=8&authority_id=406) | Instagram (https://www.instagram.com/sherobod_tuman_deputatlari?igsh=MTNwNXcwcnp1YmgyNQ==) | YouTube (https://youtube.com/@sanjarsafarov-xi1kk?si=_sQwJeyaz6VFSkf6)

Slide 1 of 1