Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Tuman markazidagi istirohat bog‘ida yaratilgan shart-sharoitlar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi


Xalq deputatlari tuman Kengashiga 18-“Nurobod” saylov okrugidan saylangan deputat Berdiyev Xudoyor Mixliyevich tomonidan tuman markazidagi istirohat bog‘i hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida istirohat bog‘i hududining obodonlashtirish holati, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholining dam olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud infratuzilma obyektlarining holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududdagi tozalik va sanitariya holati, yashil hududlarni saqlash, istirohat bog‘i jihozlarining texnik holati hamda fuqarolarga qulay va xavfsiz muhit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, istirohat bog‘i hududini yanada obodonlashtirish va aholi uchun qulay sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

O‘rganish yakunida jamoat maskanlarining holatini muntazam nazorat qilib borish hamda ularning zamonaviy talablarga mos ravishda saqlanishini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3