Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

BOG‘IOBOD MAHALLASIDA DEPUTATLIK NAZORATI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Tursunov Otabek Tojiyevich o‘ziga biriktirilgan «Bog‘ibod» mahallasida bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni maxsus savolnoma asosida o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada:
🔹 barqaror ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash;
🔹 aholining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi;
🔹 kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish;
🔹 kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish;
🔹 kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy resurslardan samarali foydalanish;
🔹 amalga oshirilayotgan loyihalarning natijadorligi
kabi yo‘nalishlar bo‘yicha holat tahlil qilindi.

📊 Savolnoma asosida o‘rganish davomida belgilangan vazifalarning amaliy ijrosi, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, mahallada yaratilgan ish o‘rinlari, aholining daromadlarini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda tadbirkorlik loyihalarining samaradorligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar o‘rganildi.

🤝 Aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va natijadorlikni oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — har bir belgilangan vazifaning amaliy natijasini ta’minlash va aholi farovonligini oshirish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 5