Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Sarmich mahallasida kambag‘al oilalarni ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Sarmich mahallasida kambag‘al oilalarni ish bilan ta’minlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati S. Xojiyev tomonidan Sarmich mahallasida aholini kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘al oilalar bandligini ta’minlash hamda ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda tuman Mahallalar uyushmasi raisi I. Fayziboyev bilan birgalikda kambag‘al oilalarni ish bilan ta’minlashning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

🌱 Xususan, kambag‘al oilalarni hududdagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga jalb etish, mehnat qilish orqali barqaror daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Muhokamalar davomida har bir oilaning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib, ularni ish bilan ta’minlash, daromad manbalarini yaratish hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha aniq va amaliy choralarni belgilash zarurligi ta’kidlandi.

🔎 Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarning natijadorligini muntazam o‘rganish, bandligi ta’minlangan oilalarning holatini kuzatib borish va mavjud muammolarni joyida bartaraf etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

✅ Kambag‘allikni qisqartirish — faqat yordam berish emas, avvalo insonni doimiy daromad manbaiga ega qilishdir.

Slide 1 of 2