Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGI — DAROMAD VA FAROVONLIK MANBAI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov tomonidan Sarmich mahallasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularning bandligini ta’minlash hamda oilalar uchun qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalari o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning mavjud imkoniyatlari, tadbirkorlik faoliyatini boshlashga bo‘lgan qiziqishi, kasb-hunar va ko‘nikmalari, shuningdek, daromad manbalarini yaratish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

✅ Ayniqsa, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi xotin-qizlarni aniqlash, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash va imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Kredit mablag‘larini shunchaki olish emas, balki ularni aniq daromad keltiruvchi loyihalarga yo‘naltirish muhimligi ta’kidlandi.

📌 Deputat tomonidan xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda oilaviy daromadlarini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan individual ishlash, tadbirkorlikka qiziqishi mavjud fuqarolarni aniqlash, ularning tashabbuslarini amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va mavjud muammolarni mas’ullar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.

📊 Xotin-qizlar bandligini ta’minlash — faqat ish o‘rni yaratish emas, balki oilaga barqaror daromad manbaini shakllantirishdir. Shu bois bu yo‘nalishdagi ishlarning amaliy natijadorligiga alohida e’tibor qaratilishi belgilandi.

Slide 1 of 2