Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#DOIMIY_KOMISSIYA_FAOLIYATI #EKSPERT_GURUHI_FAOLIYATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Kengash raisi, doimiy komissiyalar raislari va a’zolari, Kengash Kotibiyati xodimlari hamda ekspert guruhlari vakillari ishtirok etdi.

Kun tartibidan Oltinsoy tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2026-yil 2-mavsumi yakunlariga ko‘ra “Openbudget.uz” portali orqali g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish va ularni moliyalashtirish masalasi o‘rin oldi.

Mazkur masala yuzasidan tuman moliya bo‘limining hisoboti tinglandi. Hisobotda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish manbalari, ajratiladigan mablag‘lar hajmi, mablag‘larni o‘z vaqtida va samarali o‘zlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida batafsil axborot berildi.

Muhokama davomida doimiy komissiya a’zolari tomonidan g‘olib loyihalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek, loyihalarning ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror loyihasi ko‘rib chiqilib, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun tavsiya etildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3