Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Muzrabot tumani hokimligi majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining yigirma beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, ijro organlari, jamoat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, kun tartibidagi masalalarga aloqador tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Sessiya ishiga xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi raisi Sayidali Mahmatqulovich Nurmahmatov rahbarlik qildi.

Yig‘ilishda tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, aholi murojaatlari, hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar, ijtimoiy sohaga oid 12 ta muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilinib, mas’ul rahbarlarning hisobot va axborotlari tinglandi. Hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida mutasaddilarga aniq savollar berildi.

Muhokamalar davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy natijadorligini oshirish hamda ularning bajarilishi ustidan ta’sirchan deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. Mas’ul tashkilot va idoralarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar berilib, qarorlar ijrosi deputatlar tomonidan nazoratga olinishi belgilandi.

Shuningdek, sessiya jarayonlari “Facebook” ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda namoyish etildi.

Slide 1 of 9