Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
#munosabat

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va bolalar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yangi chora-tadbirlarning belgilanishi jamiyatimizda ijtimoiy adolat va inson qadrini ta’minlash yo‘lidagi muhim qadamdir.
✔️Ijtimoiy reyestrga kiritilgan ishlaydigan onalarga farzandi bir yoshga to‘lguniga qadar Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqa to‘lanishi oilalar uchun muhim ijtimoiy kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Bu, avvalo, onalarning mehnat qilish bilan birga farzandi tarbiyasi bilan shug‘ullanishini qo‘llab-quvvatlaydi.
✔️Shuningdek, kelgusi yildan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar farzandlarining davlat va xususiy bog‘cha to‘lovlari, o‘quv markazlarida ta’lim olish xarajatlari, yo‘lkira hamda oliy ta’lim muassasalari yotoqxonasi uchun to‘lovlarning vaucher asosida qoplab berilishi yosh avlod uchun yanada keng imkoniyatlar yaratadi.
✔️Deputat sifatida ushbu tashabbuslarni yuksak baholayman. Chunki ijtimoiy siyosatning asosiy maqsadi faqat moddiy yordam ko‘rsatish emas, balki ehtiyojmand oilalarga munosib sharoit yaratish, ularning daromadini oshirish va farzandlarining sifatli ta’lim olishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishdan iborat.
✔️Ayniqsa, oilani qo‘llab-quvvatlash, onalarning mehnat faolligini rag‘batlantirish va bolalarning ta’lim-tarbiyasiga sarmoya kiritish — kelajagimiz uchun eng muhim vazifalardan biridir. Bu yangiliklar xalq deputatlari tomonidan hududlarda aholi manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash borasidagi mas’uliyatni yanada oshiradi.

S.Qaxxorov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati