Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
“ANORZOR”MFYda MA’NAVIY-MA’RIFIY SUHBAT O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sh.Egamberdiyev tomonidan o‘z saylov okrugi hududidagi fuqarolar bilan uchrashuv va suhbat tashkil etildi.

☑️Mazkur tadbir “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.

✔️Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha tashrif buyurgan mas’ullar, masjid imom-xatibi hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Suhbat davomida bugungi kunda yoshlar ongini yot va zararli g‘oyalardan asrash, diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda bu borada mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

✅Shuningdek, fuqarolar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari va takliflari tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni qonuniy tartibda ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

✔️Yunusobod tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalardan asrash va ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini tizimli olib borish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3