Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
Deputatlik nazorat tahlil ishlari davom etmoqda…

O‘rganish jarayonida fuqarolarning pensiya ta’minotiga oid huquqlarini ta’minlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrdagi 938-XII-son “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunida fuqarolarning qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda hamda boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanish huquqlari belgilangan.
Mazkur qonunga muvofiq davlat pensiyalarining yoshga doir, nogironlik hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi kabi turlari mavjud.

Xususan, qonunchilikka ko‘ra, yoshga doir pensiya olish huquqi erkaklarda 60 yoshga to‘lganda va kamida 25 yil ish stajiga ega bo‘lganda, ayollarda esa 55 yoshga to‘lganda va kamida 20 yil ish staji mavjud bo‘lganda yuzaga keladi.

Shuningdek, qonunchilikda ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozli shartlarda pensiya tayinlash tartiblari ham nazarda tutilgan.
Deputatlik o‘rganishi davomida mazkur qonun talablarining bugungi kundagi ijrosi, fuqarolarning pensiya olish huquqlaridan foydalanishi, ehtiyojmand aholiga tegishli ijtimoiy xizmatlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilishi masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4