Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
BOSHQARUV SERVIS KOMPANIYASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
KO‘CHAMA-KO‘CHA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI
янв.21
“SAMANDARAK” TEMIRCHILIK SANOAT ZONASIDA QURILISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
Mahalla darajasida kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari tahlil qilindi
янв.21
Bag‘dod tumani hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha “Shtab” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Bag‘dod tumanida PF–193-sonli Farmon ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
янв.21
Kengash qarori ijrosi ta'minlanmoqda.
KALVAK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan “Kalvak” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi X.Zokirovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida “Kalvak” MFYda hokim yordamchisi X.Zokirov tomonidan mazkur qonunlar talablarini amalga oshirish yuzasidan bir qator ishlar olib borilgani ma’lum bo‘ldi.

Jumladan:

10 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan;

20 ta oilaga imtiyozli kredit ajratilgan;

Kambag‘allik reyestrida turuvchi 10 nafar fuqaro vaucher asosida kasb-hunarga o‘qitilgan.

Shuningdek, o‘rganish davomida fuqarolarning mazkur imtiyozlardan foydalanish imkoniyatlari, yo‘llanmalar ajratish mezonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi hamda ehtiyojmand fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Aholining bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1