35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

14-sentyabr – 18-sentyabr kunlari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi tomonidan hududlarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:

14.09.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat, O‘zXDP tuman Kengashi raisi va partiya guruhi rahbari Artikov Davron Omarbayevich tomonidan “Naymanko‘l” OFY da Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ta’limga oid masalalar bo‘yicha mas’ullari bilan uchrashuv o‘tkaziladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 15.09.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kolledj va akademik litseylarning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 16.09.2026 —  Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Xidirbayev Rashid Xidirbayevich “Nurli kelajak” MFY da hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini nazorat qiladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi D. A.Aymbetov

🔹 17.09.2026 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Madaminov Alisher Abdullayevich “Taxiatosh” MFY da hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlarini nazorat qiladi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov

🔹 18.09.2026 — Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Shapiyev Bekbergen Abdreymovich “Qushchilik” Mahalla fuqarolar yig‘inida ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi, holatini o‘rganadi.
Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi A.Aymbetov