35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🤝 Aholi murojaatlari — e’tibor markazida

🔹 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov “Oyinli” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi K. Normurodov bilan hududda amalga oshirilayotgan ishlar va aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

💬 Tashrif davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr almashildi hamda muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.

🏡 Shuningdek, mahallada “Har bir mahallada Yangi O‘zbekiston qiyofasini yaratish” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan ishlar, hududni obodonlashtirish, aholiga munosib va qulay sharoitlar yaratish borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

📌 Suhbat davomida mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash, aholi murojaatlariga manzilli yondashish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

👥 Aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va har bir murojaat ortida turgan muammoni amaliy hal etishga ko‘maklashish — Kengash faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

✨ Murojaat — e’tiborda, muammo — yechim izlash jarayonida!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 3