Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Yangiovul mahallasidagi hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, oilalarning daromadlarini oshirish va ularning bandligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.
🤝 Aholi bilan bevosita muloqot, mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etishga qaratilgan amaliy choralar — farovon hayot sari muhim qadamdir.
✨ Maqsad aniq: har bir oila daromadi oshsin, har bir xonadonda farovonlik bo‘lsin!