Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Xidirova Do‘stlik mahallasida bo‘lib, aholi, ayniqsa, bolalar va yoshlar uchun yaratilgan sport sharoitlari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahalladagi sport inshootlari, xususan, yangidan qurib bitkazilgan futbol maydoni ko‘zdan kechirildi. ⚽️
Yangi sport maydoni mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sport bilan muntazam shug‘ullanish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim maskanga aylanadi.
🌱 Har bir mahallada sport — har bir yosh qalbida g‘ayrat!