Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D. Saidova hamda kotibiyat mudiri Q. Bobojonov tuman Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo‘limida bo‘lib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rgandilar.
Tashrif davomida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonining qulayligi, tezkorligi va shaffofligiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud holat tahlil qilinib, xizmatlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
Asosiy maqsad — aholiga yanada sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatishni ta’minlashdir.