Yangiliklar

DEPUTAT-MAHALLA HAMKORI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati X.Jumaboyev Yangiovul mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda xotin-qizlar faoli bilan birgalikda hududda ayollar bilan olib borilayotgan ishlarni atroflicha tahlil qildi.

Uchrashuv davomida ayollar salomatligini muhofaza qilish, oilaviy nizolarni bartaraf etish, ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolar ham o‘rganildi.

Shuningdek, mahallada yo‘lga qo‘yilgan oilaviy tadbirkorlik tajribalarini keng ommalashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Slide 1 of 2