Yangiliklar

Sessiya masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati A.Djabborov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan joylarda o‘rganish olib bordi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida fermer xo‘jaliklarida bo‘lib, dehqonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

🌱 Suhbat davomida suvdan oqilona foydalanish, zamonaviy sug‘orish texnologiyalarini joriy etish hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 O‘rganishlar natijasida bildirilgan taklif va muammolar tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 4