Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan aholi manfaati yo‘lida navbatdagi amaliy qadam tashlandi.
🏘 “Do‘stlik” mahallasidagi muammo — nazoratda
📍Oldin xabar berilganidek (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi/1832) deputat tomonidan Taxiatosh tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i A.Jumamuratovga yuborilgan deputatlik so‘rovida quyidagi masalalar ko‘tarilgan edi:
🔹 7-sonli maktab yonidan o‘tuvchi kollektorning
chiqindilar va iflos suvlarga to‘lib borayotgani
🔹 Atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan holat
🔹 Hududni tozalash, obodonlashtirish va estetik holatga keltirish zarurati
⚡️ Natija bor!
Bugungi kunga kelib:
✔️ Kollektorni chiqindilardan tozalash ishlari boshlab yuborildi
✔️ Mas’ullar tomonidan ishlar 5 kun ichida yakunlanishi ma’lum qilindi
🔄 Qolgan masalalar esa tegishli mutasaddilar tomonidan hal etish jarayonida.
🤝 Deputatlik so‘rovi — aholi muammolarini hal etishda muhim vosita ekanligi yana bir bor o‘z isbotini topmoqda.