Yangiliklar

Amaliy natija

📍Oldin xabar berilganidek (https://t.me/TaxiatoshtumanKengashi/1800) Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, uy-joy kommunal xizmatlari va infratuzilma masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasi direktori U.M.Jumabayevga deputatlik so‘rovi yo‘llagandi.

U deputat so‘rovida uchta masalani ko‘targan edi.

Bugun esa amaliy natija: deputat so‘rovida ko‘tarilgan “Mehrem” ovuliga kiraverishdagi avtobus bekatining to‘xtab qolgan ta’mirlash ishlarini yakuniga yetkazish masalasi bugungi kunda hal qilinmoqda.

Qolgan masalalar esa mutasaddilar tomonidan hal qilish jarayonida ekanligi ta’kidlanmoqda.

Slide 1 of 3