Yangiliklar

DЕPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati B.Jo'rayev o‘z hududida olib borilayotgan qurilish jarayonlarini o‘rgandi. U Oq-tepa mahallasida “AZO STROY 7” MCHJ tomonidan qurilayotgan yangi mahalla binosida ishlarning me’yor va talablarga rioya qilinishi hamda sifat darajasini tekshirdi.

O‘rganish jarayonida deputat quruvchilar bilan ish sifati, xavfsizlik qoidalariga amal qilinishi va loyihadagi muddatlarga rioya etilishi bo‘yicha suhbatlashdi.

Slide 1 of 2