11-Telov saylov okrugi deputati, Ekologiya partiyasi a’zosi Mirzohid Komilov tomonidan mahalla hududidagi sport maydonchasining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Telov mahallasi yoshlari bilan muloqot qilinib, ular uchun zamonaviy talablarga javob beradigan sport maydonchasini barpo etish zarurligi aniqlandi. Yoshlar tomonidan sport bilan muntazam shug‘ullanish uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur masalani ijobiy hal etish maqsadida sport maydonchasi qurilishini tegishli dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlanib, mutasaddi tashkilotlarga taqdim etilishi belgilandi. Masala deputatlik nazoratiga olindi.