Tadbir davomida deputat fuqarolarni donorlik harakatida faol ishtirok etishga chaqirib, bir tomchi qon inson hayotini saqlab qolishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Aksiya davomida yig‘ilgan qon zaxiralari davolanishga muhtoj bolalarning salomatligini tiklashga xizmat qiladi. Bu kabi ezgu tashabbuslar jamiyatda ijtimoiy mas’uliyat, bag‘rikenglik va mehr-shafqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlaydi.
Ezgulik ulashish — eng oliy insoniy fazilatdir.