Deputat va xalq uchrashuvi muammolar yechimiga xizmat qiladi
Bugun Baxmal tumanidagi “Doʻstlik” mahallasida aholi bilan jonli va natijador muloqot boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari J.Djurayeva va N.Kamolova hamda tuman Kengashi raisi A.Zikiryayev ishtirok etdi. Bu esa hududdagi muammolarni ham tuman, ham viloyat miqyosida tahlil qilish imkonini berdi.
Samimiy suhbat davomida "Doʻstlik" MFY aholisi mahalla infratuzilmasini yaxshilash, yoʻllarni taʼmirlash va kommunal sohalarni rivojlantirish boʻyicha oʻz taklif hamda muammolarini bildirdi.
Yakunda koʻtarilgan har bir masala yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi deputatlar tomonidan qatʼiy nazoratga olindi.