Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🏆 Sog‘lom turmush tarzi: yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi

🏆 Sog‘lom turmush tarzi: yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi
Yoshlar maslahat guruhi a'zosi E.Sattarov tashabbusi bilan tumandagi uyushmagan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
O‘tkazilgan musobaqalar natijasida yoshlarning bo‘sh vaqtlari mazmunli tashkil etilib, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ib qilindi hamda sportga qiziquvchi iqtidorli yoshlar aniqlandi.
Ushbu tadbirlar tumandagi yoshlarni jipslashtirish va ularni ommaviy sportga jalb etishda muhim qadam bo‘ldi. Tashabbuskor yoshlarimizga va barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz!

Slide 1 of 4