MAKTAB BINOSINI TA’MIRLASH BO‘YICHA MUAMMOLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Ohangaron tuman Kengashi 10-Toshariq saylov okrugi deputati Nabiev Anvar G‘aniyevich tomonidan hududdagi umumta’lim maktabining holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida maktab infratuzilmasi, mavjud shart-sharoitlar hamda ta’lim sifati uchun yaratilgan imkoniyatlar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida mazkur maktab binosini kapital ta’mirdan chiqarish masalasi alohida ko‘rib chiqildi.
Aholi tomonidan bildirilgan taklif va muammolarni inobatga olgan holda, maktabni kapital rekonstruksiya qilish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, muammoni bosqichma-bosqich hal etish hamda uni nazoratga olish deputat tomonidan belgilab olindi.