Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A.Ergashev yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi A.Ergashev tumandagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Muloqotdan koʻzlangan asosiy maqsad — yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlik sohasidagi bandligini taʼminlash, yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda iqtidorini roʻyobga chiqarish uchun yaratilgan imkoniyatlarni tushuntirishdan iborat boʻldi.Samimiy va ochiq ruhda oʻtgan dala uchrashuvida tuman deputati yoshlarning dehqonchilik, tomorqa xoʻjaligini rivojlantirish va bandlik masalalari boʻyicha muammolari hamda takliflarini shaxsan tingladi. Har bir murojaat diqqat bilan oʻrganilib, ularning yechimi boʻyicha masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.