Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati O’rolova Dilrabo hamda tegishli tashkilot mutaxassislari tomonidan Mustaqillik mahallasi xotin-qizlari ishtirokida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash, zo‘ravonlik holatlarining oldini olish hamda qonunchilikda belgilangan himoya mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda huquqiy savodxonlikni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.