🔹 Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashining doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tumandagi dolzarb masalalar, infratuzilma loyihalari, ichimlik suvi, yo‘l va sel-suv bilan bog‘liq holatlar muhokama qilindi. Deputatlar tomonidan aholi murojaatlari ijrosi hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarning axborotlari eshitildi.
Yig‘ilish yakunida masalalar ijrosini tizimli nazorat qilish, joylarda o‘rganish ishlarini davom ettirish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish va nazorat ishlarini kuchaytirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.