Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati F.Hojiyev tomonidan shahardagi “Shayxon” MFYda bo‘lib, mahalla yettiligi a’zolari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-sonli Qonuni asosida olib borildi.

O‘rganish davomida:

mahalla raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar
hokim yordamchisining bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati
xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar
ijtimoiy xodimning ehtiyojmand oilalar bilan ishlash holati
tegishli hujjatlar yuritilishi va ijro intizomi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash sifatini yaxshilash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish mahallada olib borilayotgan ishlar holatini baholash va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5