Maktabgacha ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya jarayonlari o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tumandagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, bog‘cha mas’ullari va tarbiyachilari bilan muloqot o‘tkazdi.
Muloqot davomida ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, pedagog xodimlarning faoliyati hamda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, muassasada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar, bolalarning intellektual va ma’naviy rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar bilan tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
#Q_Igamberdiyeva