Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTATLIK NAZORATI: MAHALLADAGI ICHKI YOʻLLAR HOLATI OʻRGANILDI.

 Oʻrganish davomida mahalla hududidagi ichki yoʻllarning bugungi holati koʻzdan kechirilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, yoʻl infratuzilmasini yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Hududlarda olib borilayotgan bunday oʻrganishlar aholi muammolarini oʻz vaqtida aniqlash va ularning yechimiga erishishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1