O‘quvchilar qoraqalpoq tilining tarixi va shakllanish jarayonlari haqida ma’ruzalar o‘qidilar.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi (maqol, matal) namunalari asosida so‘z o‘yinlari tashkil etildi.
Badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolari tomonidan halollik, to‘g‘riso‘zlik va vatanparvarlik kabi milliy-ma’naviy qadriyatlarni ochib beruvchi kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Amudaryo tumani Madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan “Kuylarimga jarang bergan ona tilim!” nomli maxsus konsert dasturi namoyish etilib, bayramga jo‘shqin taassurotlar bag‘ishlandi.