“Konstitutsiya – mening tasavvurimda” shiori ostida o‘quvchilar bilan viktorina o‘tkazildi
Tadbirning maqsadi yoshlarda huquqiy bilimlarni mustahkamlash, Konstitutsiyaga hurmat va sadoqat tuyg‘usini oshirish hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Viktorina davomida o‘quvchilar mamlakatimiz Konstitutsiyasiga oid savollarga javob berdilar, o‘z bilim va faolligini namoyish etdilar. G‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shu bilan birga, uchrashuv jarayonida yoshlarga Konstitutsiyaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, fuqarolar huquq va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati, har bir inson hayotida tutgan muhim o‘rni haqida tushuntiruvlar berildi.