Tadbirda tumandagi mahalla raislari, ko‘cha oqsoqollari hamda namunali xonadon egalari ishtirok etib, o‘z hududlarida amalga oshirayotgan ishlar, tajriba va innovatsion yondashuvlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tanlovning asosiy maqsadi:
mahallalarda obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish;
ko‘chalar va xonadonlarda ko‘kalamzorlashtirish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish;
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va faol mahalla raislarini rag‘batlantirish.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
“Do‘rman” OFY raisi Otamurod Yusupov tuman bosqichi g‘olibi deb topildi va respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.