Yig‘ilish kun tartibidan 129-sonli Prezident Farmoni – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tuman-shahar hokimliklari xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar ijrosi muhokama qilindi.
📊 Amudaryo tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan Farmon ijrosi yuzasidan batafsil hisobot taqdim etildi. Unda:
xodimlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar,
moliyaviy rag‘batlantirish tizimidagi o‘zgarishlar,
kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi.