Muassasaning faoliyati, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni bilan batafsil tanishdi. Tashrif doirasida shifokorlar bilan suhbat o‘tkazildi, mavjud muammo va ehtiyojlar o‘rganildi, shuningdek, aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar muhokama qilindi.
Deputat tomonidan tibbiyot birlashmasi sharoitlarini yaxshilash va xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 19 maydagi 88-son Farmoni – “Respublikanda sog‘liqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani izchil isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.