Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
янв.21
Deputatlarning Kengash sessiyasi, doimiy komissiya va partiya guruhi majlislaridagi odob-axloq qoidalari
янв.21
Mahalliy Kengashlar Reglamenti
янв.21
Mahalliy byudjetni tasdiqlash tartibi
янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
“Yo‘l xaritalari” ijrosi manzilli o‘rganildi

“Yo‘l xaritalari” ijrosi manzilli o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov hamda tuman Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi mutaxassisi K. Sagizov tomonidan Yangi hayot mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari” ijrosi yuzasidan manzilli o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning amaldagi ijrosi, amalga oshirilayotgan loyihalar holati hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

Ikki oy muqaddam ushbu obekt loyiha o‘rganilgan viza masalasi sababli qurilish ishlari vaqtincha to‘xtab qolgan edi, biroq tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, mazkur masala ijobiy hal etilgach, qurilish-montaj ishlari qayta boshlab yuborilgani va bugungi kunda belgilangan reja asosida davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etish hamda tizimli nazoratni ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 5