Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
янв.21
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘RQ–549)
янв.21
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
KOTIBIYAT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH - MAHALLIY KENGASH FAOLIYATINING MUHIM ASOSI
янв.21
INSON MANFAATLARI USTUVOR - IJTIMOIY HIMOYA DAVLAT SIYOSATINING MUHIM YO‘NALISHI
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi

Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatlarining Namunaviy odob-axloq qoidalari deputatning nafaqat xizmat faoliyati davomida, balki xizmatdan tashqari vaqtda ham yuksak odob-axloq me'yorlariga rioya etishini belgilaydi.

32-bandga ko‘ra, deputat xizmatdan tashqari vaqtda deputatning yuksak nomiga dog‘ tushiradigan, o‘zining sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga, shuningdek Kengash nufuziga putur yetkazadigan hamda deputatlik vakolatlarini suiiste'mol qilish deb baholanishi mumkin bo‘lgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi lozim.

Jumladan, deputat:

Jamoat joylarida, shu jumladan kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar maskanlarda o‘zini tutish qoidalariga rioya etishi;

Atrofdagilarning e'tiborini tortuvchi ortiqcha yoki salbiy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasligi;

Dabdababozlik, shuhratparastlik, guruhbozlik, maishatbozlik, ichkilikbozlik va boshqa salbiy illatlardan yiroq bo‘lishi;

Jamoat tartibi va xavfsizligiga zid harakatlarni sodir etmasligi hamda boshqalarni noqonuniy xatti-harakatlarga undamasligi shart.

Shuningdek, deputat shaxsiy munosabatlarda kamtar, halol, xushmuomala bo‘lishi, fuqarolar va hamkasblar bilan muloqotda hurmat tamoyillariga amal qilishi hamda hech kimga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lmasligi lozim.

33-bandga muvofiq, kundalik turmushda odob normalariga rioya etish deputat odob-axloq qoidalarining ajralmas qismi hisoblanadi.

Deputat kiyinish madaniyatida sipolik va kamtarlikni namoyon etishi, ayniqsa deputatlik vakolatlarini amalga oshirish chog‘ida o‘ta dabdabali kiyim-bosh kiymasligi, ortiqcha bezaklar va e'tiborni tortuvchi aksessuarlardan foydalanmasligi tavsiya etiladi.